Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigitga sud hukmi o‘qildi
12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, yigit Jinoyat Kodeksining qator moddalariga muvofiq 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga shu haqida xabar berdi.
Yuz bergan hodisa mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soat davom etgan jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi - ona ham, homila ham saqlab qolingan. Ayol shu kunlarda farzandini dunyoga keltirishi kutilmoqda.
Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan qayinukasi tomonidan 16 marta pichoq sanchilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025