Yolg‘iz keksalar va nogironlar qanday oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta'minlanadi?

O‘zbekiston 18:30 / 11.02.2019 15523

O‘zbekiston Respublikasida yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta'minlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Xususan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta'minlanadi:

un (oliy nav) – 3 kg;
guruch – 1 kg;
grechka yormasi – 0,5;
makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
mol go‘shti (suyaksiz) – 1 kg;
xonaki parranda go‘shti – 1 kg;
sariyog‘ – 0,2 kg;
tuxum (dona) – 15 dona;
qand-shakar – 1 kg;
kungaboqar yog‘i – 1 litr;
ko‘k yoki qora choy – 0,2 kg;
atirsovun – 0,1 kg;
kirsovun (65%) – 0,2 kg;
kir yuvish poroshogi – 0,15 kg.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga nafaqa 55 yoshga yetganida tayinlanishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: