Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz qurolini sinovdan o‘tkazdi

Jahon 20:20 / 11.02.2019 26602

Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz qurolini sinovdan o‘tkazdi. Bu qurol 2020-yillar o‘rtalarida qurollanishda paydo bo‘lishi mumkin.

CNBC telekanalining ma'lum qilishicha, gap xitoyliklar birinchi marta harbiy kemaga o‘rnatgan relsotron haqida bormoqda. Porox o‘rniga elektr magnit energiyani qo‘llovchi yangi qurol yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Sinovlar 2023 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Xitoy relsotronidan otilgan snaryad soniyasiga 2,5 km tezlik bilan uchib, 200 km uzoqlikda joylashgan obektni nishonga olishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, Vashingtonda joylashgan bunday relsotron zambaragidan otilgan snaryad Filadelfiyaga 90 soniyadan kamroq vaqt ichida yetib boradi. 

Ta'kidlanishicha, amerikaliklar ham shunday qurol ustida ish olib borishmoqda, biroq xitoylik hamkasblaridan ancha ortda qolganlar. 

Ko‘proq yangiliklar: