OAV: Indoneziyada IShID moliyachisi qo‘lga olindi

Jahon 20:00 / 11.02.2019 11897

Indoneziya politsiyasi IShIDga aloqadorlikda va uning mamlakatdagi bo‘linmalarini moliyalashtirishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi. "Sinxua" agentligining xabar berishicha, u Jakarta aeroportida Suriyaga uchib ketishga uringan chog‘ida hibsga olingan.

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, hibsga olingan shaxs Indoneziya hududida bir nechta terrorchilik hujumlari uyushtirishga aloqador. U shuningdek, yangi zo‘ravonlik harakatlarini tayyorlash maqsadida IShIDning “uyqudagi bo‘linmalari”ni moliyalashtirgan. Politsiyai ma'lumotlariga ko‘ra, u IShID safiga qo‘shilguniga qadar “Jamoa Islomiya” ekstremistik guruhi tarkibida bo‘lgan.

2018 yil mayida Indoneziya parlamenti ekstremistik guruhlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilgan. Bungacha mamlakatning turli qismlaridagi xristianlar ibodatxonalarida qator portlashlar sodir etilgan, oqibatda 30 kishi halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: