Toshkent tumanida yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topildi

Jamiyat 08:47 / 09.02.2019 7782

2019 yil 7 fevral kuni soat 21:09da Toshkent tumani Sirg‘ali MFYda yashagan T.D.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Oqibatda uyning 35 kv.m maydoni yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida T.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: