Meyvezer UFC bilan bir milliard dollarlik shartnoma imzolashi mumkin

Foto: Reuters/Scanpix
Amerikalik professional bokschi Floyd Meyvezerning ma'lum qilishicha, Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) bilan bir milliard dollarlik shartnoma imzolashi mumkin. Bu, agar u oktagonda jang qilishga rozi ekani haqida tashkilot prezidenti Dana Uaytga aytganida, yuz berardi.
«Men hozirning o‘zida UFC’ga borishim mumkin. Uch yoki to‘rtta jang, bir milliardlik shartnoma. Buni faqat xohlasam bo‘ldi», - deya sobiq sportchining so‘zlarini keltiradi TMZ.
Shuningdek, Meyvezerning tan olishicha, hozir o‘zida bunday pulga ehtiyoj yo‘q.
«Rostini aytaman, ajoyib hayotga egaman. Aqlli sarmoyalar. Har oy o‘zim xohlagan narsani sotib olishim mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang bir milliard dollarga baholangandi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV

21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi

02:47 / 22.10.2023