Jigarbandini pullagan ayol qo‘lga olindi

Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari va tuman IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi fuqaro D.B. o‘zining shaxsini yashirib, fuqaro M.ga tegishli pasport nusxasi bilan joriy yilning 26 yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ruqxonaga joylashib, shu kuni qiz farzandli bo‘lib, 03.02.2019 yilda qiz farzandini fuqaro S.ga 3,5 mln. so‘mga sotib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

16:48 / 06.03.2025
Turkiyada o‘zbekistonlik qizlarni fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olindi

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

11:50 / 10.02.2025