Benatia nega Qatarga ketganini aytdi: «Farzandlarimning Islom muhitida ulg‘ayishini istadim»

Sport 12:55 / 09.02.2019 16208

Qatarning «Ad-Duxayil» klubi himoyachisi Mahdiy Benatia o‘z tanlovi sababini tushuntirdi.

Futbolchi yanvarda «Yuventus»ni tark etib, Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi.

«Menda «Manchester Yunayted»dan taklif bor edi. Ammo uni oilam sababli qabul qilmadim. Buni tushunishingizni istayman. Farzandlarimning Islom muhitida ulg‘ayishini xohladim», – dedi Benatia.

Benatia 2016 yildan beri «Yuventus» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Shu paytgacha futbolchi 59ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi. Marokash terma jamoasida esa 55ta o‘yinda 2ta gol urdi.

Ko‘proq yangiliklar: