2023 yilda velosportning 13 turi birlashtirilgan ilk jahon chempionati bo‘lib o‘tadi 

Sport 22:44 / 08.02.2019 2066

Velosport bo‘yicha tarixdagi ilk birlashgan jahon chempionati 2023 yilda Glazgoda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) ma'lum qildi. 

Bo‘lib o‘tajak musobaqa UCI’ning shosse, trek, velokross, mauntinbayk va VMX kabi 13 ta turi bo‘yicha jahon chempionatlari va paralimpiyachilar o‘rtasidagi chempionatni birlashtiradi. 2023 yildan boshlab birlashgan jahon chempionati har 4 yilda, Olimpiada mavsumi arafasida o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda UCI velosport turlari bo‘yicha har yili alohida jahon chempionatlari o‘tkazib keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: