Joriy yilning 28 yanvardan 5 fevraliga qadar Fernando Gonzales va OGResearch konsalting kompaniyasi (Chexiya) mutaxassislari Devid Vavra va Aleks Borodin tarkibidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi (YeTTB) Markaziy bankda bo‘lib turibdi.
Tashrif maqsadi Markaziy bankka inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatini amalga oshirish asosiy elementlaridan biri bo‘lgan Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimini (FPAS) joriy qilish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, hamkorlikdagi ish davomida xorijiy ekspertlar tomonidan modellar qurish va prognozlashni amalga oshirish uchun foydalaniladigan MATLAB 2018a kompyuter dasturini ishlatish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.