Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonga elektr energiyasi eksport qila boshladi

Foto: KUN.UZ
Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston Tojikiston shimolidagi ayrim shaharlar va tumanlarga elektr energiya yetkazib berishni boshladi. Bu haqda ASIA-Plus Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzodaga asosan xabar bermoqda.
Har kuni Konibodom shahri, Spitamen tumani va So‘g‘d viloyatining ayrim chegaraoldi aholi punktlari O‘zbekistondan 3 mln kVt/s. elektr energiya olmoqda.
«O‘z navbatida, qishki sovuqlar kelishi bilan O‘zbekiston janubi Tojikistondan kuniga 17 mln kVt/s. elektr energiyasini olyapti», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, 2019 yil apreldan oktabr oyigacha Tojikiston O‘zbekiston janubiga 2 mlrd kVt/s. elektr energiya eksport qilishni rejalashtirmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 800 mln kVt/s.ga ko‘p.
Tojikiston parlamenti 2018 yilda Tojikiston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida «Tojikiston energetika tarmoqlarini Markaziy Osiyo energiya tizimiga qayta ulash» loyihasi bo‘yicha imzolangan bitimni ratifikatsiya qildi.
Loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki grant sifatida 35 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘lar Tojikiston energetika tarmoqlarini O‘zbekiston va Qirg‘iziston energiya tizimlari bilan sinxronlashtirish hamda tarmoqning rele himoyasini yaratishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston O‘zbekistondan tabiiy gaz importini to‘rt barobarga oshirishi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025