Malayziyaning yangi qiroli Sulton Abdulloh qirollik tojini kiydi

Foto: The Straits Times
Malayziyada yangi qirol Sulton Abdulloh Sulton Ahmad Shohga Parlament maydonida toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Undan avvalgi qirol Sulton Muhammad V rossiyalik go‘zallik tanlovi g‘olibasiga uylanish uchun 6 yanvarda taxtdan voz kechgandi.
Sulton Abdulloh Sulton Ahmad Shoh markaziy Paxang shtatidan bo‘lib, 16-qirol sifatida taxtni egalladi. U o‘tgan payshanba kuni qirollikka tanlangandi. Malayziyadagi monarxiya vakili almashuvi federatsiyadagi to‘qqiz qirollik oilasi a'zolari o‘rtasida har besh yilda hal qilinadi.
Perak sultoni Sulton Nazrin Shoh esa qirol o‘rinbosari bo‘ldi.
Sulton Abdulloh Britaniyada ta'lim olgan va sport sohasidagi muhim insonlardan sanaladi. U FIFA tashkiloti vakili, Osiyo xokkey federatsiyasi prezidenti va Xalqaro xokkey federatsiyasining boshqaruv kengashi a'zosi hamdir.
Ma'lumot uchun, Malayziya federativ konstitutsion tanlov monarxiyasi shaklida boshqariladi. Bosh vazir – Mahathir Muhammad. Aholisi 31,6 million kishi. 1957 yil 31 avgustda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:52 / 17.02.2025
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

16:35 / 07.02.2025
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

11:15 / 07.02.2025
O‘zbekiston va Malayziya muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi

18:27 / 06.02.2025