Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yevrosement grup» Toshkent viloyatida sement ishlab chiqarish bo‘yicha yangi liniya barpo etadi

Foto: eurocement.ru
2019 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida “Yevrosement grup” kompaniyasi prezidenti – Mixail Skoroxod rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
"Yevrosement grup" dunyoda beshta yirik sement korxonalaridan biri bo‘lgan xalqaro sanoat xoldingidir. Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonda 19 sement zavodini, shuningdek beton, temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodlarini va noruda materiallar konlarini birlashtiradi. Xolding korxonalari bir yilda 60 mln tonnadan ortiq sement, 11 mln. tonnadan ortiq beton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega, noruda materiallar zaxiralari 5,5 mlrd. tonnani tashkil qiladi.
Uchrashuv davomida investor tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar asosida amalga oshirilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 3 noyabrdagi PQ-3997-sonli “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan quyidagi loyihalarga oid ustuvor masalalar ko‘rib chiqildi:
Toshkent viloyatidagi “Ohangaronsement” OAJ bazasida yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln. tonnalik yangi sement ishlab chiqarish liniyasini barpo etish (qiymati 160 mln. AQSh dollari);
Toshkent shahridagi “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” zavodini rekonstruksiya qilish, beton buyumlar, refrakter g‘ishtlari va issiqlik izolyatsiyasi materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish (qiymati 40 mln. AQSh dollari).
2020-2022 yillarda O‘zbekiston sement bozorining potensial hajmi kompaniya tomonidan 15-18 mln tonna miqdorda baholanmoqda. Shu bilan birga respublika energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha MDH mamlakatlari o‘rtasida yetakchilardan biri hisoblanadi ("quruq usul"da sement ishlab chiqarish ulushi 50 foizdan ortiq) va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning eng yuqori (95-97%) darajasiga ega.
Yig‘ilish davomida "Yevrosement grup" kompaniyasining rahbari qurilish-montaj ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanishini tasdiqlab, ishlab chiqarish obektlari 2020-2021 yillarda foydalanishga topshirilishini, shuningdek qurilish muddatlarini qisqartirish borasida kompaniya tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
Mavzuga oid

20:14 / 11.07.2024
Sement ishlab chiqaruvchilar arzon sement sotayotgan Andijondagi zavod ustidan shikoyat qildi

15:41 / 18.03.2024
Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 mlrd so‘mlik sement aniqlandi

07:04 / 19.01.2024
Tsement zavodlaridan chiqayotgan changni kamaytirish uchun qurilmalar o‘rnatildi

13:05 / 18.01.2024