Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 mlrd so‘mlik sement aniqlandi
Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatisiz 12 mlrd so‘mlik sement mahsulotlari aniqlandi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi MChJda sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan 7 mlrd so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, materiallar sudga kiritilgan.
Mavzuga oid

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

16:32 / 20.02.2025