Flamingo nima uchun pushti rangda, ular oqarib ketmasligi uchun hayvonot bog‘larida nima bilan oziqlantiriladi?

Light 18:09 / 29.01.2019 5220

Flamingo turiga mansub barcha qushlarda pushtirang patlar mavjud. Biroq ma'lum bo‘lishicha, bunday rang doimiy emas, oziqlantirishning muayyan turi hisobiga ta'minlanar ekan. Hayvonot bog‘i va qo‘riqxonalarda boqiladigan flamingo turi vakillari o‘z menyusida maxsus qo‘shimchalarga ega bo‘lishi lozim. Aks holda ular o‘zlarining betakror ko‘rinishini tezda yo‘qotadi.

Dunyoda Yevroosiyo, Markaziy va Sharqiy Afrika, shuningdek, Janubiy Afrika va qo‘shni orollarda yashaydigan jami 6 turdagi flamingolar mavjud. Barcha flamingolar noyob va kamyob turlarga kiradi va himoya qilinadi.

Pushtirang flamingo – Yevroosiyo bag‘rida yashaydigan ushbu turning eng ko‘p sonli vakili.

Qizil flamingo – Karib orollarida yashovchi qush.

And flamingosi. Bu tur Peru, Boliviya, Argentina va Chilining tog‘li tumanlarida uchraydi.

Jyems flamingosi – and flamingosining eng yaqin qo‘shnisi.

Chili flamingosi — tropik va subtropik kengliklarning tog‘li tumanlarida yashaydigan yana bir janubiy amerikalik.

Kichik flamingo — Afrika qit'asida yashaydi. Uncha ko‘p bo‘lmagan qismini Hindiston va Pokistonda ham uchratish mumkin.

Flamingolar sayoz suvlarda, ko‘pincha tuzli ko‘llar qirg‘oqlarida oziqlanadi. Tumshuqlarining g‘aroyib shakli tuproqdan mayda hasharotlarni topishga mo‘ljallangan. Flamingo patlaridagi pushti rang ozuqadagi o‘ziga xos modda – karotinoidlarning mavjudligi bilan ta'minlanadi. Mayda qisqichbaqasimon hasharotlar, ayniqsa, bu moddaga boy bo‘lsa,turning yoshi katta vakillari ratsioni asosini tashkil etadigan suv o‘tlari va mollyuskalar tarkibida ular kamroq. Qiziq, oziqlanishning mustaqil rejimiga o‘tmagan flamingo polaponlarining patlari pushtirang emas, och rangda bo‘ladi. Bog‘ va qo‘riqxonalarda boqiladigan flamingolarning ratsioni haqida g‘amxo‘rlik qilinmasa, ular bilan ham xuddi shu holat yuz berishi mumkin. Tutqunlikda yashaydigan ushbu qush vakillari menyusida mayda qisqichbaqasimonlar, suv o‘tlari va karotinoidlarga boy sabzi albatta bo‘lishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: