Yushchenko Rossiya aholisini qullikka «muhabbatda» aybladi

Jahon 08:39 / 21.01.2019 15571

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya aholisi qul bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar tabiatan xalq sifatida «erkinlikni yoqtirmaydi».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aholisi har doim shohga muhtoj bo‘lib kelgan.

Yushchenkoning qayd etishicha, bu haqda yozuvchi Aleksey Tolstoy ham gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bo‘yicha va'da bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: