O‘zbekiston terma jamoasining Avstraliyaga qarshi boshlang‘ich tarkibi e'lon qilindi

Sport 17:20 / 21.01.2019 53094

Bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Ayni paytga kelib O‘zbekiston termasining boshlang‘ich tarkibi ma'lum bo‘ldi.

Kun.uz muxbirining Al-Ayndan xabar qilishicha, Avstraliya va O‘zbekiston o‘yinni quyidagi tarkiblar bilan boshlaydi:

AVSTRALIYa: 1. Metyu Rayan – 2. Milosh Degenek, 4. Rayan Grant, 5. Mark Milligan (sardor), 16. Aziz Behich, 20. Trent Seysbyori – 9. Jyeymi Maklaren, 15. Kris Ikonomidis, 22. Jyekson Irvin – 21. Aver Mabil, 23. Tom Rojich.
Zaxiradagilar: 12. Mitchel Langerak, 18. Daniel Vukovich – 3. Aleks Gersbax, 6. Metyu Jurman, 19. Josh Risdon – 8. Massimo Luongo, 13. Jyeyeyms Jyeggo, 17. Mustafo Aminiy — 7. Metyu Leki, 10. Robbi Kruz, 11. Endryu Nabbut, 14. Apostolos Jiannu
Bosh murabbiy: Grehem Arnold (Avstraliya)

O‘ZBeKISTON: 1. Ignatiy Nesterov – 5. Anzur Ismoilov, 6. Davronbek Hoshimov, 13. Oleg Zoteyev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev – 9. Odil Ahmedov (sardor), 17. Dostonbek Hamdamov, 19. Otabek Shukurov — 11. Jaloliddin Masharipov, 14. Eldor Shomurodov, 22. Javohir Siddiqov
Zaxiradagilar: 12. Sanjar Quvvatov, 21. O‘tkir Yusupov – 2. Akmal Shorahmetov, 3. Dostonbek Tursunov, 4. Farrux Sayfiyev, 15. Yegor Krimets – 8. Ikromjon Aliboyev, 16. Azizbek Tursunboyev, 18. Fozil Musayev, 23. Odiljon Hamrobekov – 7. Sardor Rashidov, 10. Marat Bikmayev
Bosh murabbiy: Ektor Kuper (Argentina)

Uchrashuvni quyidagi hakamlar boshqarib boradi:
Bosh hakam: Abdurrahmon al-Jassim (Qatar);
Qanot hakamlari: Tolib Salim al-Marriy (Qatar), Saud Ahmad al-Maqola (Qatar)
Yuza chizig‘idagi hakamlar: Xamis Muhammad al-Marriy (Qatar), Ahmad Abu bakir al-Kof (Ummon)
Yordamchi hakam: Jon Chia (Singapur)

Uchrashuv Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Unda O‘zbekiston milliy termasi oq, Avstraliya esa sariq rangli libosda harakat qiladi. Bahsni qatarlik Abdulrahmon Al-Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yinni «Sport» telekanali orqali jonli efirda ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs g‘olibi chorak finalda BAA-Qirg‘iziston juftligida zafar quchgan terma jamoa bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.

Ko‘proq yangiliklar: