FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
FIFA rasmiy sayti 2024 yil yakuniga ko‘ra milliy jamoalarning yakuniy o‘rnini e’lon qildi.

Foto: O‘FA
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Qatar (2:3) va KXDR (1:0) bilan uchrashuvlardagi bir mag‘lubiyat va g‘alaba bilan yilni reytingda 58-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
Qayd etish joiz, 58-o‘rin milliy jamoamizning so‘nggi 8 yillikdagi eng yaxshi natija sanaladi. Bungacha «Oq bo‘rilar» Samvel Babayan murabbiyligida 2016 yilda FIFA reytingida 48-o‘rinni qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanets shogirdlari 2023 yilni 68-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Qatarda o‘tgan Osiyo kubogidan keyin 66-o‘ringa ko‘tarilgandi. Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Hongkongga qarshi JCh-2026 2-saralash bosqichidagi g‘alabalardan keyin (2:0, 3:0) O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027ga yo‘llanmasiga ega chiqib, reytingda 64-o‘ringa yuqorilagandi. JCh-2026 2-saralashi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan o‘yinlardan keyin vakillarimiz yana ikki pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rindan joy olgan, iyul oyida e’lon qilingan reytingda esa 61-o‘rin, sentabrda yana bir pog‘ona yuqorilagandi.
FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-o‘rinda bormoqda, Fransiya 2-o‘rinda qoldi. Yevropa chempioni Ispaniya 3-pog‘onada qoldi. Angliya 4-o‘rin, Braziliya 5, Portugaliya 6-pog‘onada. Niderlandiya (7), Belgiya (8), Italiya (9) va Germaniya o‘nlikdan joy olgan.
Osiyo jamoalari top-10lik orasida esa vakillarimiz 7-o‘rinda qolgan. Yaponiya qit’ada peshqadam sanaladi – 15-o‘rin, Eron (18) va Janubiy Koreya (23) uchlikda. Avstraliya (26), Qatar (48), Iroq (56), O‘zbekiston (58), Saudiya Arabistoni (59), BAA (63) va Iordaniya (64) o‘nlikka kirgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi – 45-o‘rin bo‘lib, vakillarimiz 2006-2007 yillarda ushbu o‘rinda qayd etilgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

18:20 / 31.12.2024