Makgregor Nurmagomedov bilan Rossiyada jang o‘tkazishga tayyorligini e'lon qildi

Sport 15:50 / 21.01.2019 19155

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha jangchi Konor Makgregorning rejalari haqida gapirib berdi.

Irlandiyalik tashkilot rahbariga UFC’ning yengil vazn toifasidagi hozirgi chempioni Habib Nurmagomedov bilan Rossiya hududida jang o‘tkazishga tayyor ekanini aytgan.

«Konor birorta boks jangi o‘tkazmay turib, eng yaxshi bokschilar bilan kuch sinashishga tayyor, shundan so‘ng killer, Habib Nurmagomedov bilan uchrashadi. Bularning barchasi ikki yillik tanaffusdan keyin amalga oshmoqda. Konor Serrone bilan jang qilishni xohlashi haqida aytgan. Men uni yaxshi bilaman, u hech qachon yo‘q gapni gapirmaydi. U menga Habib bilan Rossiyada jang qilishga tayyor ekanini aytdi. U shunday inson», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMAFighting.

Bunga qadar Makgregor amerikalik Donald Serronega qarshi jangga rozi bo‘ldi. Bruklinda bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 143 musobaqasida Serrone raqibi ustidan ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, u MMA’ning irlandiyalik jangchisi bilan bahslashish istagida ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedovga o‘zaro jang vaqtida nima haqida aytgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: