Garvard universiteti bitiruvchisi Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston 15:13 / 21.01.2019 28523

Olga Ponkratova Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi Zarafshan.uz.

Ma'lum qilinishicha, Olga Ponkratova 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Iqtisodiyot oliy maktabi (Rossiya, 2009), Garvard biznes maktabi va Garvard universitetini (AQSh, 2018) tamomlagan.

Olga Ponkratova Rossiya, Shveytsariya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi nufuzli kompaniyalarda maslahatchi, loyihalar menejyeri va direktor lavozimlarida ishlagan.

Ponkratova O‘zbekistondagi davlat organlariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar, Invest in Uzbekistan, volfram klasteri konsepsiyalarini ishlab chiqqan. Loyiha-boshqaruv milliy agentligi uchun davlat tog‘-kon aktivlari auditini o‘tkazgan, ularda soliq islohotlarini o‘tkazish masalalarida ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: