«Manchester Siti» yirik g‘alabaga erishib, «Liverpul»ga yaqinlashib oldi

Sport 20:34 / 20.01.2019 8845

Angliya Premer-ligasining 23-turida «Haddersfild Taun» «Manchester Siti»ni qabul qildi. «Jon Smit – Gelfarm» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Danilo, Rahim Sterling va Leroy Sane mualliflik qilishdi. 

Shu tariqa, «Manchester Siti» APLda qatorasiga to‘rtinchi uchrashuvda g‘alaba qozondi, «Haddersfild» 10 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti (bir durang va 9 mag‘lubiyat).

Endilikda «Manchester Siti» (56 ochko) Premer-liga turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni mustahkamlagan, Xosep Gvardiola shogirdlari peshqadam «Liverpul» bilan oradagi farqni 4 ochkoga qisqartirgan. «Haddersfild Taun» 11 ochko bilan — 20-o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
23-tur
Haddersfild – Manchester Siti 0:3
Golllar: 0:1 – 18 Danilo, 0:2 – 54 Sterling, 0:3 – 56 Sane.
Haddersfild – Lessl, Smit, Leve, Shindler, Kongolo, Panchon, Xogg, Kachunga, Bakuna (Pritchard, 64), Mbenza, Diakabi (Mune, 59).
Manchester Siti –  Ederson, Uoker, Laport, Otamendi, Danilo, de Bryuyne, Fernandino (Silva, 59), Sane (Bernardu Silva, 72), Gundo‘g‘an (Delf, 80), Sterling, Aguero.
Ogohlantirishlar: Uoker (27), Bakuna (30), Xogg (43), Fernandino (50).

Ko‘proq yangiliklar: