Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 avgustga qadar yopiladi

O‘zbekiston 18:05 / 19.01.2019 27342

Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga tutash yo‘li 2019 yilning 1 avgust kuniga qadar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu ko‘chalarda qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun poytaxt ma'muriyati uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: