«Real» darvozabonsiz qoldi

Sport 11:29 / 19.01.2019 24797

«Real» darvozaboni Keylor Navas jarohat oldi. 

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyog‘i mushaklari lat yegan. Uning jarohati qanchalik jiddiyligi va qachon maydonga qaytishi ma'lum emas. Biroq, «Sevilya»ga qarshi 19 yanvar kuni o‘tkaziladigan bahsda ishtirok etolmasligi aniq.

Avvalroq, «Real»ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olib, safdan chiqqan edi. Uchinchi darvozabon Kiko Kasilya «Lids» klubiga o‘tib ketdi. «Leganes»da ijarada o‘ynayotgan to‘rtinchi darvozabon Andrey Lunin esa orqaga qaytishni istamadi.

Endi «Real» 20 yoshli Lyuka Zidan xizmatiga mushtoq bo‘lib turibdi. Darvozabon «Real B» tarkibida 3-divizionda to‘p tepmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: