Meksikada yonilg‘i quvuridagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 dan oshdi

Jahon 21:14 / 19.01.2019 3463

Meksikada yonilg‘i quvuridagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 66 kishiga yetdi, 77 kishi jarohat oldi.

Avvalroq 21 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Voqea 18 yanvar kuni Idalgo shtatida mahalliy aholi quvurni teshib, undan yonilg‘i olayotganda yuz bergan. Natijada yong‘in chiqib, ketidan portlash yuz bergan. Yong‘inni o‘chirish uchun bir kunga yaqin vaqt talab qilingan.

Fojia munosabati bilan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy komissiya o‘z ishini boshlagan.

Quvurlarni teshib, ulardan yonilg‘i o‘g‘irlash Meksikada keng tarqalgan bo‘lib, hattoki yonilg‘i tanqisligiga olib kelgan. Hukumat bunday holatlarga qarshi barcha mumkin bo‘lgan usullar bilan kurashib keladi. Yil boshidan quvurlar va yonilg‘i sisternalarini qo‘riqlashga armiya jalb qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: