Yaponiyada asosan robot xodimlar faoliyat yuritadigan Henn na mehmonxonalar tarmog‘i o‘z robotlarining yarmini saqlashga jo‘natdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Bunga esa robotlarning tez-tez buzilib qolishi, ularga xizmat ko‘rsatish va modernizatsiyalash serxarajatligi sabab bo‘lgan. Biroq asosiy sabab robotlar tashrif buyuruvchilar bilan to‘laqonli muloqot qila olmagan – ular oddiy savollarga javob bera olmagan, bir robot esa mehmonning xurragini buyruq deb qabul qilib, uni tushunmay buyruqni qaytarishni so‘rayvergan.
Natijada ro‘yxatga olish ustuni ortida robotlar o‘rnini odamlar egalladi. Shuningdek, farroshlar, yuk tashuvchilar va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar vakansiyalari ochilgan. Biroq tarmoq texnik taraqqiyotdan voz kechmoqchi emas va androidov-otelerlarning yangi avlodini ishlab chiqmoqda.