«LG OLED sharsharalari» installyatsiyasi CES mehmonlarini hayratda qoldirdi

Fan-texnika 17:52 / 16.01.2019 9274

CES 2019da LG stendi mehmonlarini OLED sharsharalari bo‘lgan o‘ziga xos installyatsiya ajoyib taassurot qoldirdi.

Foto: LG

LG Electronics (LG)ning egiluvchan displeylardan tashkil topgan hayratlanarli installyatsiyasi CES 2019 ko‘rgazmasi mehmonlarining e'tiborini jalb etdi. «LG OLED sharsharalari» displeyi egiluvchan va tekis bo‘lgan 260ta raqamli ekrandan iborat bo‘lib, CES ko‘rgazmasining o‘n minglab mehmonlariga mo‘jizakor tabiat taassurotlarini taqdim etdi.

Foto: LG

«LG OLED sharsharalari» Las-Vegasdagi konferens-markazning asosiy kirish eshigi yonidagi LG stendida o‘rnatilgan bo‘lib, u 76ta egiluvchan, 76ta turtib chiqqan va 112ta tekis 55 dyuymli LG OLED ekranlaridan tashkil topgan. «LG OLED sharsharalari» - bu CES 2018dagi «LG OLED Kanoni»  va CES 2017dagi «LG OLED Tonneli» installyatsiyalarining davomidir.

CES ishtirokchilari balandligi 20 fut va eni 65 fut bo‘lgan, cho‘l barxanlari, sharsharalar, okeanlar va ranglar jilosini aks ettirgan  LG OLED sharsharalarini ko‘rib , hayratga tushishdi. O‘ta sifatli videotasvir 2019 yilgi LG OLED  televizorlari jihozlangan mukammal ovoz tizimi yordamida yanada samarali aks etadi.

Foto: LG
Foto: LG

LG OLED texnologiyasi yuqori sifatli displeylarning yangi toifasini yaratdi. Ular boshqa har qanday yorug‘lik diodli suyuq kristalli displeylardan farqli o‘laroq, ideal qora rang va turli ranglar tiniqligi sababli ajoyib tasvirni bera oladi. OLED texnologiyasida o‘zi nur taratadigan piksellardan foydalaniladi, ular yorqinlik va tasvir sifatini ta'minlash maqsadida alohida-alohia yonadi va o‘chadi. Yorug‘likning alohida manbasi bo‘lmagan displeylar o‘ta yengil va yupqa bo‘lib, ularni rulon kabi o‘rab qo‘yish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: