Tramp AQShda «yarim asrda birinchi marta» dori-darmon narxlari arzonlashgani bilan maqtandi

Jahon 11:13 / 12.01.2019 4835

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakatda dori-darmon vositalari narxi yarim asr davomida birinchi marta pasaydi. Bu haqida u tvitterda yozgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlik lavozimida bo‘lib turganidan buyon amerikaliklar dori-darmonlarda 26 milliard dollarni tejab qolishdi.

Avvalroq, Donald Tramp og‘ir xastalikka chalingan amerikaliklarga eksperimental dori vositalari va davolash usullaridan foydalanishga imkon beruvchi qonunni imzolagandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp AQShda favqulodda holat rejimini joriy etish huquqi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: