OAV: AQSh Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni boshlamadi

Jahon 08:05 / 12.01.2019 6456

AQSh harbiy texnikani Suriyadan olib chiqishni boshladi, ammo harbiy xizmatchilar o‘z joyida qolmoqda. Bu haqda Fox News Pentagon vakiliga tayangan holda xabar berdi.

Harbiy mahkama vakili xavfsizlik nuqtai nazaridan bu borada batafsil ma'lumot bermagan.

Avvalroq, Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish jarayoni 90 kundan 120 kungacha davom etishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Suriyada jami 2 mingga yaqin amerikalik askar bor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval CNN AQSh Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishni boshlagani haqida ma'lumot tarqatgandi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda amerikalik harbiylar «yer ustida joylashtiriluvchi harbiy texnikaning» birinchi partiyasini olib chiqib ketishgan.

Ko‘proq yangiliklar: