Makedoniya parlamenti mamlakat nomining o‘zgartirilishini ma'qulladi 

Jahon 00:27 / 12.01.2019 12621

Makedoniya parlamenti mamlakatning qayta nomlanishi uchun konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. 

Tuzatmalar mamlakat nomlanishida “Makedoniya” so‘zi oldidan “Shimoliy” so‘zining qo‘shilishi, chegaralar o‘zgarmasligi va hududiy yaxlitlik kafolati hamda xorijda makedoniyaliklarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘zda tutadi. 

Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayevga qonunni qabul qilish uchun yetarlicha sonda parlamentchilarni ko‘ndirish uchun 3 kun talab qilingan. 

Endi hujjatni Makedoniya prezidenti George Ivanov imzolashi kerak.

Makedoniya o‘z nomini NATO va Yevropa Ittifoqiga kirish uchun o‘zgartirmoqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: