Hindistonda odamlarga hujum qilgan qoplon ushlandi

Foto: Daily News & Analysis
Hindistonning Gujarot shtatida 4 kishiga hujum qilishda gumonlanayotgan qoplon ushlandi. Bu haqda Daily News & Analysis nashri ma'lum qildi.
Yirtqich erkak va 2 yoshli o‘g‘il bola, so‘ngra 8 yoshli qizcha va fermerga hujum qilib, Chxota-Udaypur okrugidagi qishloqni qo‘rquvda ushlagan.
Qiz va fermer og‘ir jarohatlarga qaramay tirik qolgan. Qoplonni tutish bilan o‘rmon xo‘jaligining 50 xodimi shug‘ullangan.
Qoplon kameralardan biri yordamida aniqlangan. U trankvilizatorli nayzalar yordamida xavfsizlantirilgan. Yirtqichga uxlatuvchi vosita ta'sir qilishi oldidan u yana bir kishini tishlab olishga ulgurgan.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

11:44 / 01.03.2025