Rossiyaning Novocherkassk shahrida 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi

Foto: CC0
Rossiyaning Novocherkassk shahrida 1-qavatida Sberbank shoxobchasi va bouling-klubi bor bo‘lgan ko‘ngilochar markaz joylashgan 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi.
DonDay nashri ma'lumotlariga ko‘ra, voqea soat 18:30 atrofida yuz bergan. Ta'kidlanishicha, binoning hozirda ishlamaydigan Sberbank filiali ustidagi qismi qulab tushgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, falokat bank ofisida bino rejasi o‘zgartirilgani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, bouling-klubda bino qulashi vaqtida odamlar bo‘lgan. Ular beshikast tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qutqaruvchilarning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozircha binoning qulagan qismida odamlar bo‘lgan-bo‘lmagani noma'lumligicha qolmoqda, biroq guvohlarning aytishicha, xonalarda chiroq yoqiq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni tonggi soat 4da Rossiyaning yana bir shahri – Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tushgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia 39 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Mavzuga oid

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi

10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi

09:00 / 09.01.2025