Hindistonda qayiq to‘ntarilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
2 yanvar kechki payt Hindistondagi Maxandi daryosida haddan ortiq yuklangan qayiqning to‘ntarilishi oqibatida 10 kishi, jumladan 8 bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Hindu nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 20 kishiga mo‘ljallangan qayiqda 55 nafarga yaqin odam bo‘lgan. Ular pikniklar uyushtirish uchun ommaviy joy hisoblangan Xukitola orolidan qaytayotgan bo‘lganlar.
Qayiq undan tushgan 3 ayol yana qayiqqa bir tomondan chiqmoqchi bo‘lganda to‘ntarilib ketgan. Cho‘kayotganlarning baqiriqlariga mahalliy odamlar yugurib kelgan va ularning sohilga chiqib olishlarida yordam berishgan.
Ta'kidlanishicha, Odisha shtati tezkor javob berish kuchlari, o‘rmon departamenti xodimlari, politsiya va mahalliy aholi qutqaruv amaliyotini o‘tkazib, 9 kishining jasadini chiqarib olishgan.
Ma'lum qilinishicha, yana bir 6 yoshli qizchaning jasadi yaqin orada daryodan chiqarib olinadi.
Shtat bosh vaziri Navin Patnaik hamdardlik bildirgan va qurbonlarning yaqinlariga 6 ming dollarga yaqin pul to‘lanishi, jabrlanganlarga esa bepul davolanish taqdim qilinishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

11:44 / 01.03.2025