O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yil 1 yanvar kuni uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3,3 so‘mga pasaygan va 1 dollar 8336,25 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 53,77 so‘mga qimmatlab, 1 yevro 9533,34 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 Rossiya rubli 1,06 so‘mga arzonladi va 119,85 so‘mga tushdi.
Dollarning rasmiy kursi dekabr oyining o‘zida ikkinchi bor tushmoqda. Oldingi pasayish 2,2 so‘mga teng bo‘lgan edi.