Keksa fransuz Atlantika okeani bo‘ylab bochkada sayohatga jo‘nadi

Foto: AFP 2018 / Georges Gobet
Fransiyalik Jan-Jak Saven Atlantika okeani bo‘ylab dvigatelsiz, yelkan va eshkaklarsiz bochkada sayohatini boshladi.
Bir necha kundan keyin 72 yoshini nishonlaydigan qariya o‘z sayohatini Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El Yyerro orolidan boshlagan. Sayyoh Karib orollariga 3 oydan keyin, ya'ni 2019 yil martigacha yetib borishni mo‘ljallamoqda.
Frantsuz sayohatga otlangan bochkaning uzunligi 3 metrni, diametri 2 metrni, og‘irligi 450 kgni tashkil qiladi. U epoksid ko‘p qatlamli fanerdan ishlanib, zarg‘aldoq rangga bo‘yalgan. Bochkaning ichidagi 6 kvadrat metrlik joyda uxlash uchun kushetka, oshxona burchak mebeli, qarta uchun stol, buyumlar uchun joy, polda esa baliqlarni kuzatish uchun illyuminator bor.
Qariyaning aytishicha, uning sayohati ko‘ngildagidek boshlandi, kapsula soatiga 2-3 km tezlik bilan suzmoqda. Savenning aytishicha, u Yangi yilni nishonlash uchun o‘zi bilan Sauternes vinosi va fua-gra, 14 yanvarda esa 72 yoshini nishonlash uchun bordo vinosini olgan.
Sayyoh dengiz oqimi uni Karib orollari yoki Barbados oroliga olib borishiga umid qilmoqda. Biroq u sayohatini Martinika yoki Gvadelupa fransuz orollarida yakunlashni istamoqda.
“Bu vaziyatda hujjatlar bilan yengilroq va bochkani tashish osonroq bo‘ladi”, deb aytgan qariya.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46
-
Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:45
Mavzuga oid

12:00 / 16.06.2024
Yevrosiyo bo‘ylab Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha – dunyoning eng uzun temiryo‘l yo‘nalishlari qayerda joylashgan?

18:24 / 11.10.2023
«Titan» batiskafining qoldiqlari topildi

14:57 / 11.07.2023
«Titan»ning sirli halokati: batiskaf korpusi muddati o‘tgan mahsulotdan yasalgan bo‘lishi mumkin

14:37 / 04.07.2023