Honda avtomobilsozlik kompaniyasi NSX superkari motoriga o‘xshash ovoz chiqaruvchi, avtomobil ko‘rinishidagi yumshoq o‘yinchoq Sound Sitter’ni taqdim qildi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, o‘yinchoq emizikli bolalarga tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsata oladi.
O‘yinchoqqa Honda NSX motori ovozini chiqaradigan maxsus dinamik o‘rnatilgan. Dinamikni masofadan faollashtirish mumkin. Ta'kidlanishicha, o‘yinchoq chiqaruvchi past chastotali monoton ovozlar homila onasi qornida eshitadigan ovozlarga o‘xshashdir (misol uchun, qon aylanishi va yurak urishi).
O‘yinchoqni ishlab chiqishda turli modellar, jumladan 1986 yilgi Integra, 1987 yilgi Prelude, 1999 yilgi S2000 hamda NSX o‘rganilgan. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, yangi superkar tovushining chastotasi hali dunyoga kelmagan bola ko‘nikkan ovozlarga yaqindir.
Yangi avloddagi Honda NSX gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. U o‘z ichiga 3,5 litrli tvin-turbo dvigateli, uchta elektromotor va 9 pog‘onali uzatmalar qutisini olgan. Kuch qurilmasining umumiy quvvati 573 ot kuchini tashkil qiladi. Superkar joyidan 100 km/soat tezlikkacha taxminan 3 soniyada tezlasha oladi, maksimal tezligi esa soatiga 307 kmni tashkil qiladi.