Hayot davomiyligining tushib ketishi taxmin qilindi

Light 10:09 / 25.12.2018 24090

Dyuk Universiteti (AQSh) olimlarining aniqlashicha, X avlodi vakillari va milleniallar o‘rtasida hayot davomiyligining pasayishi hamda erta o‘lim xavfining ortishi kutilmoqda. Bu haqda Science Daily nashri xabar berdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, xavf guruhlariga 38-45 yoshli (X keyingi avlodi) va 27-37 yoshdagi (Y erta avlodi yoki milleniallar) odamlar kiradi. Mutaxassislar 1990-2016 yillardagi Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazlari ma'lumotlarini tahlil qilib, o‘lim sabablarini aniqlashga urinishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, X avlodi vakillari va milleniallar 2008 yilgi jahon moliyaviy inqiroziga duch kelishdi, ish izlashda ma'lum bir mushkullar bilan to‘qnashishdi, bu ularning sog‘lig‘iga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. O‘limning asosiy sabablari orasida o‘z joniga qasd qilish, giyohvand moddalarning haddan tashqari ko‘p dozasi, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilish, diabet, saraton va yo‘l-transport hodisalari bor. Biroq, omillar irq, jins hamda etnik kelib chiqishga qarab o‘zgaradi.

Bundan tashqari, mutaxassislarning aniqlashicha, XX asr o‘rtalarida dunyoga kelgan avlod vakillari - bebi-bumerlar o‘rtasida giyohvand moddalar, yo‘l-transport hodisalari, qotillik, o‘z joniga qasd qilish, OIV va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligidan o‘lim xavfi yuqoridir.

Ko‘proq yangiliklar: