«Real» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Sport 23:33 / 22.12.2018 22318

Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi.

Finalda Madridning «Real» va mezbonlar vakili «Al-Ayn» klubi bilan kuch sinashdi. O‘yinda madridliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollar Modrich, Lorente, Ramos va Shiotani hisobiga yozildi. Yana bir golni Nodir o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Natijada, «Real» o‘z tarixida to‘rtinchi marta klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2018
Real (Madrid, Ispaniya) – Al-Ayn (BAA) - 4:1 
22 dekabr, «Shayx Zayd» stadioni
Gollar: 1:0 – 14 Modrich, 2:0 – 60 Lorente, 3:0 – 78 Ramos, 3:1 – 86 Shiotani, 4:1 – 90 Nodir (avtogol) 
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 71), Lorente (Kazemiro, 82), Vaskes, Modrich, Beyl, Benzema.
Al-Ayn – Iso, Ahmad, Shiotani, Ahmad (Muhammad, 64), El-Shaxat, Fayyoz, Yaslam, Dumbiya, Kayo, Berg (Nodir, 75), Umar Abduraxmon (Abduraxmon, 67).
Ogohlantirish: Ramos (45).

Ko‘proq yangiliklar: