Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi lavozimiga rasman tasdiqlandi

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan «v.b.» qo‘shimchasi olib tashlandi va u shahar hokimi etib rasman tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
«Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi», - deya davlati rahbari so‘zlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Akfa Group kompaniyalari asoschisi va rahbari, ishbilarmon bo‘lgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shu yilning aprel oyi oxirida Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
2012 yildan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov shu kunning o‘zida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi
Jahon | 09:20
-
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan
Turizm | 09:05
-
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi
Jamiyat | 08:20
Mavzuga oid

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

17:29 / 08.02.2024