Roy Kin: «MYu» futbolchilari Mourinoni avtobus tagiga itarib yuborishdi»

«Manchester Yunayted» klubining sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin bosh murabbiy Joze Mourino iste'fosiga izoh berdi.
«MYu»ning ba'zi futbolchilari – zaif odamlar. Ular bilan ishlash amri mahol. Ular ortiqcha vazn to‘plab, mashg‘ulotlarda sust harakat qilishadi. Ular uyalishi kerak.
Men Mourinoning katta ishqibozi emasman, ammo o‘z agentlari va do‘stlari orqasiga yashirinadigan futbolchilarni qoralayman. Bu juda kulgili holat.
Qaysidir ma'noda ular murabbiyni o‘ldirishdi va jazodan qutulib qolishdi. Ular murabbiy ortida turgan holda, uni avtobus tagiga itarib yuborishdi», – deb Kin so‘zlarini keltirmoqda BBC.
Mavzuga oid

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025
Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda, «MYu» autsayderga aylanmoqda. Kun o‘yinlari

12:01 / 17.01.2025
«MYu»da kambek, «Real» o‘ziga muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari

11:45 / 27.12.2024