Uchuvchilar qo‘nish vaqtida nima uchun sukut saqlashlari lozim?

Light 10:39 / 20.12.2018 27515

Uchuvchilar parvozning nozik bosqichlari – uchish va qo‘nish vaqtida ularga samolyotni boshqarishda xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab harakatlardan tiyilishlari kerak. Aynan shu sababli, misol uchun, ular yo‘lovchilarga qo‘nish haqida yarim soat avval e'lon qiladilar. 

Uchuvchilar fuqarolik aviatsiyasining me'yori hisoblangan steril kokpit (kabina) qoidasiga amal qilishlari, ya'ni parvozning muayyan bosqichlarida bajarish shart bo‘lmagan harakatlarga chalg‘imasliklari lozim. Jumladan, ularga qo‘nish vaqtida yoki 10 ming futdan (3048 metr) pastroq balandlikda bajariladigan har qanday operatsiyada parvoz bilan bog‘liq bo‘lmagan mavzularda suhbatlashish, ovqatlanish yoki musiqa eshitish taqiqlanadi.   

Steril kokpit qoidasi kabinadagi intizomsizlik sababli halokat bilan yakunlangan bir qator voqealardan keyin kiritilgan. Ushbu voqealar tergov qilingach, uchuvchilar qo‘nish vaqtida o‘z majburiyatlaridan chalg‘iganlari aniqlangan.

Bu qoida bortkuzatuvchilarga ham taaluqli bo‘lib, ular steril kokpit vaqtida juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari, uchuvchilar bilan bog‘lanmasliklari kerak. Styuardessalar bunday vaqtda yo‘lovchilarni uchish va qo‘nishga tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishlari lozim.

Ko‘proq yangiliklar: