Sampaoli murabbiylik faoliyatiga qaytdi

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yana ishga qaytdi.
58 yoshli mutaxassis Braziliyaning «Santos» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi. U jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli, Argentina terma jamoasini tark etib, 5 oy davomida ishsiz yurgan edi.
«Santos» klubi Braziliya A Seriyasining 2018 yilgi mavsumida 10-o‘rinni egalladi.
Sampaoli murabbiylik faoliyatida Peru, Ekvador, Chili klublarida, shuningdek, «Sevilya»da ishlagan. Bundan tashqari, Chili va Argentina terma jamoalarini boshqargan.
Mavzuga oid

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

11:52 / 16.10.2022
Ispaniyada Neymarni 5 yilga qamashni talab qilishmoqda. Futbolchi «Barsa»ga o‘tishida firib ishlatilgan

13:57 / 29.07.2019