Klublar o‘rtasidagi JCh qoidalariga «Real»ga taalluqli kichik o‘zgartish kiritildi

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda AS xabar qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, JCh finalida qizil kartochka oladigan futbolchilar yevrokuboklardan bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.
Qoida hozirda faqatgina «Real»ga daxldor, chunki «qaymoqranglilar» JChda Yevropa nomidan to‘p surayotgan yagona klubdir. Demak, agar «Real» JCh finaliga yo‘l olsa va unda jamoaning qaysidir a'zosi maydondan chetlatilsa, u YeChLning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yarim finalda Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi bilan bellashadi. Bahsda ertaga – 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bugun bo‘lib o‘tadigan «River Pleyt»-«Al-Ayn» bahsi natijasiga asosan aniq bo‘ladi.
Mavzuga oid

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi

01:58 / 02.06.2024