Lavrov Kiyevning ehtimoliy ig‘vogarliklariga javob qaytarilishi haqida ogohlantirdi

Foto: RIA Novosti
Agarda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya bilan chegarada ig‘vogarlikka qo‘l uradigan bo‘lsa, buning uchun tegishlicha javob oladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Sizlarni ishontirib aytaman, u tegishlicha javob oladi", dedi vazir "Komsomolskaya pravda" radiosi efirida.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Qrim bilan chegaradagi ig‘vogarliklarni o‘zining "G‘arbdagi kurator va homiylari" bilan muhokama qilmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vazirining aytishicha, olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Poroshenkoga kichik ko‘rinishdagi jangovar harakatlarni qo‘llashni, ammo ularni yirik miqyosdagi javobgarlikni keltirib chiqaradigan harbiy harakatlarga aylantirmaslikni maslahat berishmoqda.
Mavzuga oid

22:44
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

21:33
Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ichki a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

20:30
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

19:47