Rossiya: AQSh Ukrainadagi maxfiy operatsiyalar uchun odamlarni jalb qilmoqda

Jahon 08:20 / 14.12.2018 15130

Rossiyaning YeXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich ma'lum qilishicha, AQSh Ukrainadagi maxfiy operatsiyalarda ishtirok etish uchun LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i orqali odamlarni qidirmoqda. Lukashevichning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni LinkedIn yordamida ukrain tilida gaplasha oladigan AQSh fuqarolarini qidirayotgan MissionEssential kompaniyasiga «e'tibor qaratdi». Doimiy vakilning qayd etishicha, ularni «Ukrainadagi Amerika maxfiy operatsiyalarini ta'minlash» uchun ishga yollashmoqda.

Lukashevichning e'longa tayangan holda aytishicha, nomzodlar Ukraina aholisi bilan «yashirin ravishda aloqa o‘rnatishi», shuningdek, harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, doimiy vakilning eslatishicha, kanadalik yo‘riqchilar 10 mingga yaqin ukrainalik harbiyni tayyorgarlikdan o‘tkazdi. Uning fikricha, Kanada shu tarzda Ukrainaning «harbiylashishi»ga «hissa» qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya kuchayadigan bo‘lsa, dunyoda falokat yuz berishi taxmin qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: