Ilhom Ne'matov: «Germaniyadagi sud jarayonida ishlagan tarjimon 800 dollar oladi»

O‘zbekiston 15:20 / 14.12.2018 12906

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov tashqi ishlar tizimi duch kelayotgan muammolarni sanab o‘tdi.

Ilhom Ne'matov bugungi kunda O‘zbekiston investitsiya salohiyatining chet tillarida sifatli tayyorlangan mazmunan boy materiallar hali ham yetishmasligi kuzatilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

«Tashqi ishlar tizimida, xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolanayotganida, ko‘pincha, yaxshi tarjimonlarga ehtiyoj seziladi. Yaxshi tarjimonlar topish qiyin, chunki oylik oz. Masalan, Germaniyadagi sud jarayonida ishlagan tarjimon 800 dollar oladi. Bizda esa ko‘p tarjimonlar xususiy sektorda ishlashni ma'qul ko‘rishadi», deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: