AQSh Xitoy tovarlariga bojlar bo‘yicha bir qarorga keldi

Jahon 08:38 / 14.12.2018 13133

2019 yil 1 martgacha Qo‘shma Shtatlar Xitoy tovarlariga bojlar joriy etmaydi, deb xabar qilmoqda Bloomberg ikki manbaga tayangan holda.

Agentlikdan eslatishlaricha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati tomonidan taklif etilgan bojlar Xitoyning qator tovarlari uchun tariflarni 10 foizdan 25 foizgacha ko‘tarishni nazarda tutadi. Kutilishicha, bunday choralar AQShga 200 milliard dollar olib keladi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Oq uy rasmiy ravishda 14 dekabr, juma kuni bojlar joriy etilishi kechiktirilishi haqida e'lon qiladi. Ushbu qaror tegishli hujjat bilan mustahkamlab qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy bilan «texnologik urushni» boshlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: