AQSh osmonida uzunligi 80 kilometr keladigan g‘ayrioddiy obekt kuzatildi

Jahon 00:28 / 14.12.2018 32975

AQSh ob-havo milliy xizmati 5 soat davomida radarlar ekranidan ketmagan g‘ayrioddiy obekt haqida ma'lum qilishdi. Xizmat xodimlari bu hodisaning tabiatini bilish maqsadida tvitterda mutaxassislarga murojaat qilishgan.

Milliy xizmatda ma'lum qilinishicha, osmonda obekt kuzatilgan vaqtda bulut bo‘lmagan. Bu hodisani Ouensboro va Medisonvill aholisi ham kuzatgan. Obekt ancha tez harakatlangan.

Dovullar ortidan “ov qiluvchilar” dastlab bu obektni harbiylar tomonidan qo‘llanuvchi radiolokatsion aks choralar deb o‘ylashgan. Bunda samolyot radardan uzoqlashganda o‘z atrofida alyuminiy bulut hosil qiladi. Ushbu g‘ayritabiiy obekt yaqinida harbiy baza joylashgan bo‘lgan. Biroq alyuminiy yarim soat ichida cho‘kadi, shu sababli bu variant istisno qilingan.

Yana bir taxminda obekt qushlarning ulkan to‘dasi bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Biroq ornitologlar bunday o‘lchamdagi va bunday zichlikdagi qushlar to‘dasi bo‘lmasligini aytishgan.   

Oxirgi taxminda obekt ximiotrass (okkupatsion davlat yo‘lovchi samolyotlardan kimyoviy moddalar sochishi haqidagi uydirmalar) bo‘lishi mumkinligi faraz qilingan. Biroq uni radarlar qanday ko‘rgani jumboq bo‘lib qolgan. Mutaxassislar sirli hodisa nima ekanligi haqida bosh qotirishda davom etmoqdalar. Odatda bunday hodisalar sir tutilishi sababli milliy xizmatning bunday anomal obektning kuzatilganini rasman ma'lum qilgani ham taajjubli.

Ko‘proq yangiliklar: