SWIFT to‘lov tizimi bosh direktori iste'foga ketishga qaror qildi

Foto: Jason Alden/Bloomberg via Getty Images
Banklararo ma'lumot uzatish va to‘lovlarni amalga oshirish xalqaro tizimi SWIFT bosh direktori Gottfrid Leybbrandt 2019 yil iyunida iste'foga ketishga qaror qildi. U bu haqda Bloomberg axborot agentligiga ma'lum qilgan.
“SWIFT hozirda 7 yil avvalgidan umuman o‘zgacha holatda. Har doim boshqaruvni topshirish va yangi bobni yozish vaqti keladi. O‘ylaymanki, hozir aynan shu vaqtdir”, deb aytgan Leybbrandt.
Uning aytishicha, u bu qarori haqida kompaniya direktorlar kengashini xabardor qilgan. Axborot agentligining ta'kidlashicha, 58 yoshli Leybbrandt kompaniyaga 7 yil boshchilik qilgandan keyin 2019 yil iyunda o‘z vakolatlarini bo‘ynidan soqit qiladi.
Ayni vaqtda SWIFT tizimiga 200 dan ko‘proq davlatdagi 11 mingdan ko‘proq moliyaviy institut ulangan.
Mavzuga oid

15:37 / 30.01.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yana 15 ta bankini SWIFT'dan uzmoqchi

22:52 / 12.08.2024
Koreyaning yirik banki sentabrdan Qirg‘iziston bilan dollarda SWIFT-o‘tkazmalarni to‘xtatadi

09:00 / 12.09.2022
SWIFT orqali chet el davlatlaridagi ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovi, davolanish, avtotransport xaridi va boshqa to‘lovlarni 5 daqiqada amalga oshiring. Xalq bankidan foydali taklif!

14:28 / 14.06.2022