Rossiyada Afrika aholisiga yordam niqobi ostida IShID uchun pul yig‘ilgani aniqlandi

Jahon 17:24 / 13.12.2018 17370

«Islom davlati» va «Jabhat an Nusra» terrorchilik tashkilotlarining Rossiyadagi tarafdorlari Afrika aholisiga yordam berish niqobi ostida jangarilar uchun pul yig‘ishgan. Bu haqda Dog‘iston huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

Ma'lumot berilishicha, gumondorlar go‘yoki Afrikada quduqlar qurish uchun pul yig‘ishgan, aslida esa barcha yig‘ilgan pullar terrorchilarga jo‘natilgan.

Avvalroq jangarilarni moliyaviy ta'minlab turgan yetti nafar rossiyalik qo‘lga olingani xabar qilingandi. Ular 2010 yildan buyon terrorchilik tashkilotlari hisobiga kamida 38 mln rubl (570 ming dollardan ortiq) o‘tkazishgan.

Qo‘lga olinganlar Moskva, Moskva viloyati, Ingushetiya, Dog‘iston va Chechenistonda yashashgan.

Ko‘proq yangiliklar: