O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil etiladi

O‘zbekiston 18:40 / 13.12.2018 4066

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining qarori loyihasi joylashtirildi.  

Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil etiladi.

Agentlikka qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, ilmiy-ta'lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari jalb etiladi.

Agentlik qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi obektlar qurish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.  

Hujjat muhokamasi 27 dekabrda yakunlanadi. 

Avvalroq ekspert O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: